Men Vomiqu sen Uzro, vaslingga yetolmayman
Har kecha qarorgohima ostona tong otguncha.
Oqshomda jamolingni sha`mdek munavvar et,
San birla bo'lay anda yor g'amxona tong otguncha
*Boshqa varianti: Sha`mig`a bo`lay anda, parvona tong otguncha
Naylayki ilojim yo'q - har go`shada yig`layman..
Tor o`ldi Haziniyga Farg`ona tong otguncha..
O`z qadrimga yig`layman.